Qatarga kutilmagan safar uyushtirgan Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia As-Sudaniy Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy va Suriya Prezidenti Ahmad Ash-Shara’ bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Iroqning INA rasmiy axborot agentligi hukumatga yaqin manbalariga tayanib yozishicha, tomonlar mintaqadagi so‘nggi voqealar, xususan Damashq bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgan.
Sudaniy Bag‘dod Suriyadagi o‘zgarishlarni yaqindan kuzatayotganini aytib, Isroilning harbiy harakatlaridan noroziligini bildirgan. Suriyada inklyuziv siyosiy jarayonni boshlash, barcha diniy, ijtimoiy va milliy guruhlarni himoya qilish, shuningdek muqaddas joylar xavfsizligini ta’minlash masalalariga Iroqning qat’iy yondashuvini tasdiqlagan.
Ash-Shara’ 17 may kuni Bag‘dodda bo‘lib o‘tadigan Arab ligasi sammitiga rasman taklif qilingani va anjumanda ishtirok etishidan mamnunligini bildirdi.