Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Iqtisodiyot va moliya vazirligi "Open budjet" borasida fuqarolarni ogohlantirdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi "Open budjet" borasida fuqarolarni ogohlantirdi

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram botlari orqali “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida ovoz berish evaziga pul mukofotlari taklif etish holatlari keng tarqalib, turli bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, va’da qilingan mablag‘lar berilmayotgani bo‘yicha fuqarolar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuzlab murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu holatda uchinchi shaxslar loyihalarga ovoz to‘plash maqsadida pul mablag‘lari yoki moddiy qiymatiliklar va’da qilgan holda fuqarolardan ovoz to‘plab, keyinchalik mukofotlarni bermasligi holatlari kuzatilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish lozimki, “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ovoz berish faqatgina “Ochiq budjet” axborot portali, portalning Android va iOS tizimlarida ishlovchi mobil ilovalari hamda Telegramdagi rasmiy bot orqali amalga oshiriladi.

Bunda, amaldagi tartibga ko‘ra, berilgan ovozlar uchun hech qanday to‘lov talab etilmasligi bilan bir qatorda hech qanday moddiy rag‘batlantirishlar ham nazarda tutilmagan.

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayoni 31 avgust kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering. Shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga taqdim etmang. Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang.

Kiritildi: 13:30 29.08.2025. O'qildi: 1401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!