Iqtisodchi O.Bakirov so‘nggi voqealar fonida rubl kursi zaiflashishi, bu esa so‘mning barqarorligiga ham putur yetkazishi mumkinligi borasidagi fikrlarga munosabat bildirdi.
"Qrim bosib olingan vaqtdagidan farqli o‘laroq, bugungi valyuta rejimi miqyos va risklarni boshqarish jihatidan va eng asosiysi, professional qarorlar bilan ham keskin farqlanadi. So‘mning barqarorligi eng avvalo ichki omillarga, makroko‘rsatkichlarga bog‘liq." — degan O.Bakirov. Uning ta’kidlashicha, garchi tashqi global platformalarda keskin volatillik kuzatilayotgan bo‘lsada, so‘m bilan bog‘liq bitimlar va kotirovkalarda jiddiy tebranishlar yuz bergani yo‘q, birja va banklarda kurs barqaror qolmoqda.
O.Bakirov bunday holatlarda har bir vahima, avvalo shaxsning o‘zining iqtisodiy ahvoliga xavf solishini aytgan va shoshilinch qarorlar qabul qilishdan qaytargan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq faollari va fikr tarqatuvchilarni mas’uliyatliroq bo‘lishga, destruktivlikdan tiyilishga chaqirgan.