Apple kompaniyasi bugun iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max smartfonlarini sotuvga chiqardi. Berlin, Sidney, Bangkok, Pekin va boshqa shaharlardagi firma do‘konlari oldida ertalabdan navbatlar paydo bo‘ldi. Berlindagi Kurfyurstendammda joylashgan Apple Store oldida ayrim xaridorlar chorshanba kuniyoq — savdo boshlanishidan ikki kun oldin joy egallashgan.
Germaniyada 256 GB xotiraga ega iPhone 18 Pro narxi 1449 yevrodan, Pro Max esa 1599 yevrodan boshlanadi.
Asosiy yangiliklar — yangi A20 Pro prosessori, akkumulyator quvvatining uzoqroq saqlanishi hamda iPhone tarixida ilk bor qo‘llanilgan o‘zgaruvchan diafragmali 48 megapikselli asosiy kamera.
Evropadan tashqarida ham smartfonlarga qiziqish yuqori. Avstraliyada xaridorlar do‘konlar ochilishidan bir necha soat oldin navbatga turishni boshlagan. AQShda esa rasmiy savdo boshlanishidan oldinroq Pro va Pro Max’ning ayrim versiyalari uchun yetkazib berish muddati sentyabr oxiri va oktyabrga surilgan.