Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

iPhone 15 Pro sotib olish uchun kim qancha ishlashi kerak?

iPhone 15 Pro sotib olish uchun kim qancha ishlashi kerak?

Rossiyaning Picodi nashri tahlilchilari iPhone 15 Pro smartfoni mintaqaviy narxlarini turli hududlardagi o‘rtacha ish haqi bilan taqqoslab ko‘rishdi. Natijada, ushbu mamlakatlar aholisi yangi smartfon uchun qancha kun ishlashi kerakligini aniqllroq, iPhone 15 Pro narxi 999 dollardan boshlanishi e’lon qilingandi.gʻ

Tadqiqotga ko‘ra, Apple kompaniyasining yangi smartfonini sotib olish uchun turkiyaliklar 124 kun ishlashi lozim bo‘ladi. Filippin aholisi bunga 80 kunlik, braziliyaliklar esa 67 kunlik maoshini sarflashiga to‘g‘ri keladi. Rossiyada bu ko‘rsatkich 47 kunga yaqin. Xitoy aholisi 24 kun mehnat qilishi lozim.

Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich yanada kichikroq: yangi iPhone 15 Pro sotib olish uchun yaponiyaliklar 13 kun, germaniyaliklar 10 kun, singapurliklar va avstraliyaliklar 7 kun sarflaydi.

AQSh aholisi Apple kompaniyasining yangi smartfonini sotib olish uchun 6 kun mehnat qiladigan bo‘lsa, Shveysariya aholisi atigi 5 kun ishlashi kifoya.

Kiritildi: 22:34 15.09.2023. O'qildi: 2951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!