Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Iordaniyada ilk bor it koronavirusga chalindi

Iordaniyada ilk bor it koronavirusga chalindi

Iordaniyada it koronavirusga chalingani aniqlandi. Bunday holat Iordaniyada ilk bor qayd etildi. Juma kuni rasmiy Iordaniya axborot agentligi bu ma’lumotni tasdiqlagan.

Ushbu itning egasi Al-Ramsa hududida yashovchi xorijlik investor bo‘lib, u o‘zining uy hayvonini samolyot orqali xotiniga jo‘natmoqchi edi. Lekin parvozdan oldingi tekshiruvlarda it koronavirusni yuqtirib olgani aniqlangan.

Iordaniyadagi Epidemiyalarga qarshi Milliy qo‘mitaning matbuot kotibi doktor Nazir Obeydatning aytishicha, COVID-19 ga chalingan itlar va boshqa hayvonlar bu kasallikni odamlarga tashuvchi asosiy manba emas. Shunga qaramay, hukumat ehtiyot chorasi sifatida xorijlik investorning uyini izolyasiyaga olgan. Uy egasi va uning qo‘shnisi o‘zlarining test natijalari chiqquncha karantinga olindi.

Iordaniyada koronavirus ilk bor mart oyida aniqlangandi. Bu mamlakatda 17 sentyabrda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilib, 279 kishining mazkur infeksiyani yuqtirib olgani aniqlangan. 

Ayni paytda mamlakatda 4 344 kishi virusni yuqtirgan bo‘lib, 29 kishi vafot etgan. 2 511 nafar bemor kasallikni yenggan. 

Kiritildi: 15:31 19.09.2020. O'qildi: 1842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!