Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Instagramdagi qiz aslida "o‘g‘il bola" bo‘lib chiqdi

Instagramdagi qiz aslida "o‘g‘il bola" bo‘lib chiqdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi (ayol) K.R. va (ayol) P.L. IIOga murojaat qilib, “aiaulim.04.04” nomli profil ekagisi voyaga yetmagan maktab o‘quvchilarining sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi 27 yoshli J.A. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan J.A., voyaga yetmagan jabrlanuvchilar (qiz) S.A. va (qiz) YU.E.larga o‘zini qiz bola sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kirish orqali bir nechta sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy fotosurat va videolarini qo‘lga kiritib, ularni tarqatish bilan qo‘rqitib, evaziga 300 AQSh dollari miqdorida pullarni talab qilib, mazkur pullarni olayotgan vaqtida Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi "a" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 15:46 27.04.2024. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!