Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Instagram yulduzi sakkiz oylik homiladorligida vafot etdi

A A A
Instagram yulduzi sakkiz oylik homiladorligida vafot etdi

Bloger Nikol Teya homiladorlikning sakkizinchi oyida vafot etdi.

Bu haqda qizning onasi Instagram sahifasida xabar berdi.

"Qalbimda ming og‘riq bilan barcha do‘stlarimiz hamda muxlislarga Nikol va uning o‘g‘li shanba kuni ertalab vafot etganligi haqidagi achinarli xabarni yetkazishga majburman", deb yozgan Nikolning onasi.

O‘lim sababi haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Instagram sahifasida 224 mingdan ortiq kuzatuvchilarga ega bo‘lgan 24 yoshli yulduz, shuningdek, sevgan insoni bilan birgalikda “YouTube” ijtimoiy tarmog‘iga turli videolar joylagan.

 

 

Kiritildi: 05:30 16.07.2020. O'qildi: 7006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!