Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Instagram voyaga yetmaganlar uchun yangi cheklovlar joriy qilmoqchi

Instagram voyaga yetmaganlar uchun yangi cheklovlar joriy qilmoqchi

Instagram voyaga yetmaganlar uchun yangi cheklovlar joriy qilmoqda. Bu haqda TechCrunch nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, endilikda 18 yoshdan kichik foydalanuvchilar PG-13 reytingiga mos kontentni ko‘radi.

Bunda ular haddan tashqari zo‘ravonlik, jinsiy yalang‘ochlik va giyohvandlik sahnalari kabi mavzulardan qochib, faqat PG-13 reytingiga mos keladigan kontentni ko‘radi.

18 yoshdan kichik foydalanuvchilar ota-onasi yoki vasiylarining aniq ruxsatisiz bu sozlamani o‘zgartira olmaydi.

Instagram, shuningdek, “Cheklangan kontent” nomli yanada qat’iyroq kontent filtrini joriy etmoqda. Bu filtr o‘smirlarga mazkur sozlama yoqilgan postlarni ko‘rish va ularga izoh qoldirishga yo‘l qo‘ymaydi.

PG-13 — Amerika kino assosiasiyasi tomonidan filmlarni baholash uchun qo‘llaniladi. Bu reyting 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun nomunosib deb topilishi mumkin bo‘lgan mazmunli filmlar uchun beriladi. Bunday filmlarda yalang‘ochlik va zo‘ravonlik ko‘rsatilmaydi, ammo “jinsiy aloqaga oid so‘zlar” va “giyohvand moddalar bilan bog‘liq aniq bo‘lmagan epizodlar” mavjud bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 23:38 15.10.2025. O'qildi: 713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!