Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Inson a’zolari yoki to‘qimalarini O‘zbekiston hududida tashish, saqlash, olib kirish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Inson a’zolari yoki to‘qimalarini O‘zbekiston hududida tashish, saqlash, olib kirish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish, ularni saqlash, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

- inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish Sog‘liqni saqlash vazirligining Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qo‘mitasiga kiritadigan taqdimnomasi asosida amalga oshiriladi.

- taqdimnomada olib kirish so‘ralayotgan inson a’zosi va (yoki) to‘qimasi to‘g‘risida ma’lumot, qayerdan olib kelinayotganligi, qayerga olib borilishi, qaysi manzilda qancha muddat saqlab turilishi ko‘rsatiladi. Taqdimnoma 10 kun muddat ichida o‘rganib chiqilib, tegishli ruxsatnoma beriladi.

- mazkur jarayonlarning barchasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qo‘mitasi o‘rtasida elektron shaklda amalga oshiriladi.

Kiritildi: 15:56 06.07.2024. O'qildi: 832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!