Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Indoneziyaning sobiq prezidenti vafot etdi

Indoneziyaning sobiq prezidenti  vafot etdi

Indoneziyaning sobiq prezidenti Buxoriddin Yusuf Habibiy 83 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi «RBK».

Qayd etilishicha, Indoneziya sobiq prezidenti sog‘lig‘i to‘satdan yomonlashgani uchun Jakartadagi harbiy gospitalga olib kelingan edi. Habibiy ushbu shifoxonaning jonlantirish bo‘limida 9 sentyabr, dushanba kuni vafot etgan.

Habibiyning o‘g‘li otasining 1 sentyabr kuni yuragidagi muammolari tufayli shifoxonaga joylashtirilganini aytgandi.

Indoneziyada 14 sentyabrgacha milliy motam e’lon qilingan.

Habibiyning prezidentligi mamlakat tarixidagi eng qisqa prezidentlik davri hisoblanadi. U mamlakatni 1999 yilda parlament tomonidan boshqa prezident saylanguniga qadar boshqargan.

Kiritildi: 06:39 12.09.2019. O'qildi: 1600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!