Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Indoneziyadagi o‘q otish sporti bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston vakillari 4 ta medalga ega chiqdi

A A A
Indoneziyadagi o‘q otish sporti bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston vakillari 4 ta medalga ega chiqdi

Indoneziya poytaxtida o‘q otish sporti bo‘yicha “Kapolri Cup 2023” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Kechadan turnirda final bellashuvlariga start berildi.

Ilk kunning o‘zida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Barcha medallar pnevmatik miltiqdan otish yo‘nalishida qo‘lga kiritildi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin medal:

Erkaklar, jamoaviy: Vadim Skorovarov, Javohir Sohibov, Nikita Sokolov;

Ayollar, jamoaviy: Muxtasar Tohirova, Gulbonu Qamarbekova, Dilafro‘z Qobiljonova.

Kumush medal:

Javohir Sohibov (yakkalik).

Bronza medal:

Dilafro‘z Qobiljonova (yakkalik).

Kiritildi: 09:40 10.07.2023. O'qildi: 1700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!