Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida yonib ketgan paromdan 280 nafar yo‘lovchi evakuasiya qilindi

Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida yonib ketgan paromdan 280 nafar yo‘lovchi evakuasiya qilindi

Indoneziya harbiy-dengiz kuchlari yakshanba kuni mamlakat qirg‘oqlarida yonib ketgan KM III Barcelona yo‘lovchi paromidan 280 kishini evakuasiya qildi.

Bu haqda Antara agentligi Indoneziya floti qo‘mondoni Denix Xendrataga tayanib xabar bermoqda.

"Biz barcha jabrlanganlar evakuasiya qilinganini tasdiqlaymiz", dedi u.

Biroq uch nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. "280 nafar yo‘lovchidan uchtasi yong‘in tufayli emas, balki kasallik tufayli halok bo‘lganini qayd etdik", — dedi Manadodagi harbiy-dengiz bazasi qo‘mondoni Pasuna Sihombing. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda qutqaruv guruhi bortida boshqa yo‘lovchilar yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun yonib ketgan kemani tekshirishni davom ettirmoqda.

Manado shahriga ketayotgan kemadagi yong‘in yakshanba kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan. Qutqaruv operasiyasida harbiylardan tashqari qutqaruv xizmatlari ham qatnashgan, mahalliy baliqchilar esa evakuasiyaga yordam bergan.

Kiritildi: 10:50 21.07.2025. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!