Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Indoneziya Prezidenti dehqonlarga 1000 dona boyqush beradi

Indoneziya Prezidenti dehqonlarga 1000 dona boyqush beradi

Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto mamlakat ekinzorlarida kalamushlar bosqiniga qarshi kurashish uchun fermerlarga 1000 bosh boyqush ajratishga va’da berdi. Bu haqda “Jakarta Post” portali yozgan.

– Kalamush qishloq xo‘jaligidagi jiddiy muammolardan biri, – degan davlat rahbari. – Zararkunandalarga qarshi kurashning o‘zimiz rivojlantira oladigan yechimlarini topishimiz kerak. Boyqush tabiiy yirtqich sifatida bu borada samarali va ekologik toza yondashuvni ifodalaydi. Hukumat fermerlarga ayni muammoni hal qilishda yordam berish uchun 1000 ta boyqushni taqsimlab tarqatadi.

Janob Subianto qanotli ko‘makchilar o‘zlaridan ko‘payib, uzoq muddat davomida foyda keltirishiga ham umid bildirgan.

Kiritildi: 16:24 08.04.2025. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!