Ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask bu haftada X faoliyatidagi uzilishlar katta operasion takomillashtirishlar zarurligini ko‘rsatganini bildirdi.
"X/xAI va Tesla (qo‘shimcha ravishda keyingi hafta Starship uchirish) ga maksimal darajada e’tibor qaratishim lozim, chunki biz muhim texnologiyalarni joriy etmoqdamiz," deya X’da yozdi tadbirkor.
Maskning ta’kidlashicha, jamoa "24/7 ishlash va konferens-zallar, server xonalari hamda ishlab chiqarish binolarida uxlash" tartibiga qaytadi.
Ilgari WP Maskning siyosiy faoliyatdan ko‘ngli sovigani va ko‘proq vaqtini o‘zi direktorlik lavozimini egallagan kompaniyalarga ajratayotgani haqida xabar bergan edi.