Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Ilon Mask va’dasining ustidan chiqdi

Ilon Mask va’dasining ustidan chiqdi

Rossiyaga aloqador Starlink terminallari bloklanmoqda, ayrim Ukraina terminallari ham ishlamayapti. Bu haqda Ukraina Mudofaa vaziri xabar berdi.

Mixail Fyodorovning ma’lum qilishicha, “oq ro‘yxat”ga kiritilgan birinchi partiyadagi Starlink terminallari ishlamoqda. Rossiya terminallari esa allaqachon bloklangan.

Shu bilan birga Fyodorov ro‘yxatdan o‘tgan ba’zi terminallar ishlamayotganini ham ma’lum qilgan. Vazir buni “oq ro‘yxat” kuniga bir marta yangilanishi bilan izohlagan.

Avvalroq SpaceX rahbari Ilon Mask kompaniya “Rossiya tomonidan Starlink'ning ruxsatsiz qo‘llanilishini to‘xtatish” uchun choralar ko‘rganini ma’lum qilgandidi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar, ko‘rinishidan, samara bergan.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!