SpaceX IPO'si muvaffaqiyatli o‘tkazilgach, Ilon Maskning boyligi 1,1 trln dollardan oshdi.
IPO orqali SpaceX 75 mlrd dollar jalb qildi va kompaniyanig bozor qiymati 1,77 trln dollarga baholandi.
Shundan so‘ng Maskning SpaceX'dagi ulushi 866 mlrd dollarga yetdi. Milliarderning qolgan boyligi Tesla, X va boshqa kompaniyalarga to‘g‘ri keladi.
Mask 400 mlrd dollarlik marraga bundan 1,5 yil avval yetib borgandi.
Uning boyligi shu darajada katta tezlikda o‘smoqdaki, keyingi 4 nafar milliarder boyligi yig‘indisidan ham ko‘proq.