Dunyoning eng boy odami Ilon Mask besh yil ichida Tesla kompaniyasini boshqarishda davom etishini, lekin siyosatdan uzoqlashish niyatida ekanini aytdi.
Bu haqda u Bloomberg agentligiga bergan intervyusida gapirdi.
Qayd etilishicha, Maskning so‘zlaridan keyin Tesla aksiyalari 3,6 foizga qimmatlashgan.
Maskning AQSh Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari sifatidagi harakatlari, jumladan, davlat xodimlarini ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish, shuningdek, uning respublikachi prezident Trampga yaqinligi ko‘pchilikning tanqidiga sabab bo‘ldi. Maskning DOGE-dagi faoliyati tufayli ishlab chiqaruvchiga qarshi noroziliklar AQSh va butun dunyo bo‘ylab tarqaldi.