Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ilon Mask odamsimon robotlar ishlab chiqarilishini e’lon qildi

Ilon Mask odamsimon robotlar ishlab chiqarilishini e’lon qildi

Tesla 2025 yilda odamsimon robotlar ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya asoschisi Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ma’lum qildi.

«Kelgusi yilda Tesla chindan ham foydali insonsimon robotlarga ega bo‘ladi, biroq Teslaning ichki foydalanishi uchun ularning soni kam bo‘ladi. 2026 yilda biz boshqa kompaniyalar uchun ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga umid qilamiz», — deb yozadi tadbirkor.

Aprel oyida Mask Teslaning Optimus deb nomlangan roboti shu yil oxirigacha zavodda ishga tushishi va 2025 yil oxirigacha sotuvga tayyor bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Optimus prototipi 2022 yilda taqdim etilgan.

Kiritildi: 14:34 23.07.2024. O'qildi: 801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!