Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ilon Mask Markaziy razvedka boshqarmasi xarajatlarini qisqartirmoqchi

Ilon Mask Markaziy razvedka boshqarmasi xarajatlarini qisqartirmoqchi

Amerikalik tadbirkor, Hukumat samaradorligi boshqarmasi (DOGE) rahbari bo‘lib ishlayotgan Ilon Mask Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) rahbari bilan uchrashib, xarajatlarni qisqartirishni muhokama qilmoqchi.

Bu haqda Politico gazetasiga Markaziy razvedka boshqarmasi rasmiy vakili ma’lum qildi.

Bir qator manbalar uchrashuv 31 mart, dushanba kuni bo‘lib o‘tishini ta’kidlamoqda.

“Direktor Retkliff Ilon Maskni agentlikda hukumat faoliyati samaradorligini muhokama qilish uchun yig‘ilishga taklif qildi”, deya nashr rasmiy so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Mask va Retkliff AQSh prezidenti Donald Trampning hukumat xarajatlarini qisqartirish va uni tartibga solish rejasi kontekstida Markaziy razvedka boshqarmasi samaradorligini muhokama qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:53 29.03.2025. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!