O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi va Oliy ta’lim bo‘yicha ekspertlar milliy jamoasi (HEREs) bilan hamkorlikda “Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” ilmiy-metodik jurnaliga maqolalarni bepul qabul qilishini e’lon qiladi. Mazkur jurnalning afzalliklari shundaki, u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestasiya Komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, Google Scholar va CYBERLENINKAda indekslangan.
2013 yildan buyon 9 yil davomida “Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” ilmiy-metodik jurnali tobora ommalashib, mamlakatimiz oliy ta’limini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi xalqaro ilmiy jurnallardan biriga aylanib bormoqda. Yaqin kelajakda uning nashr etish davriyligi va tiraji oshirilishi va Scopus hamda Web of Science analitik tizimlari ro‘yxatiga kiritilishi rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqqan holda, maqolalarga qo‘yiladigan talablar ilmiy maqolalarni rasmiylashtirish bo‘yicha xalqaro standartlarga asosan qabul qilinadi. Maqolalarni tayyorlashda belgilangan talablar bilan quyidagi manba orqali tanishish mumkin: http://www.erasmusplus.uz/uz/news/Maqolalar-qabuli-LIY-TA-LIM-TARAQQIYOTI-ISTIQBOLLARI.htm
Jurnalning umumiy mavzulari:
Oliy ta’limda innovasion uslub va vositalar (xorijiy davlatlar va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari tajribalari, ta’lim berish va o‘qitishning ilg‘or usullari, o‘quv jarayonini tashkil etish va universitetlarni boshqarish, OTMni innovasion rivojlantirish uchun AKTdan foydalanish, ta’lim platformalari);
Oliy ta’lim bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash (ilg‘or o‘quv dasturlari, tajriba, usul va vositalar);
Erasmus+ dasturi (maqsadlari O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida innovasion usullarni qo‘llab-quvvatlashda dasturning vazifalari, O‘zbekistonda va xorijda muvaffaqiyatli Erasmus+ loyihalarining tajribalari, HEREs jamoa a’zolarining xalqaro seminarlarda ishtiroki natijalari bo‘yicha hisobotlari, O‘zbekistonda Boloniya jarayonining tamoyillarini tadbiq qilish, oliy ta’lim sifatini ta’minlashda talabalarning rolini kuchaytirish va boshqalar);
Universitetlar uchun ilmiy va o‘quv ma’lumotlari (elektron kutubxonalar, oliy ta’lim uchun axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatlari, ilmiyometrik ma’lumotlar, resurslardan foydalanish statistikasi va nashr faoliyati);
Oliy ta’limga sarmoya kiritish muammolari va istiqbollari (oliy ta’limga sarmoya kiritish mezonlari, xorijiy davlatlar va O‘zbekiston universitetlarining tajribalari, moliyaviy menejment, investisiya samaradorligi, OTMlarda moddiy va kadrlar resurslaridan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar).
Yuqoridagilar bilan bir qatorda “Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” ilmiy-metodik jurnalining 11-sonining ustuvor mavzulari:
Oliy ta’lim muassasalarning avtonomligi (O‘zbekiston va boshqa davlatlardagi iqtisodiy, tashkiliy, texnik jihatlari, yetakchi davlatlar tajribalari);
Oliy ta’lim bo‘yicha ECTS kredit-modul tizimi (kontsepsiya, kredit-modul tizimiga o‘tishga qo‘yiladigan talablar, kredit tizimi sharoitida moliyaviy menejment, o‘quv dasturlari, o‘qituvchilar va talabalarning mobilligi, xorijiy tajribalar tahlili, ECTSni tadbiq etishning afzalliklari va unga o‘tishdagi qiyinchiliklar va boshqalar).
Ilmiy-metodik jurnalga maqolalar qabul qilish bepul. Jurnal nashr etilgandan so‘ng, har bir muallifga bosma nusxasi va elektron variantini bepul yuklab olish imkoniyati taqdim etiladi.
Maqolalar uchta tilda - o‘zbek, rus va ingliz tillarida topshirilishi mumkin. Maqolalarni topshirish so‘ngi muddati – 31 mart 2022 yil.
Maqolalar quyidagi elektron pochta manzil orqali qabul qilinadi heresbook@erasmusplus.uz.
Eslatma! Tahririyat mavzu va rasmiylashtirish talablariga javob bermagan maqolalarni qabul qilmaslik huquqiga ega. Nusxalar qaytarilmaydi.
Ilmiy-metodik jurnalning avvalgi nashrlari bilan havola orqali tanishishingiz mumkin http://www.erasmusplus.uz/ru/publication/expert-Publications/index.htm.