Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ilmiy jihatdan chekishni tashlash mumkinmi?

Ilmiy jihatdan chekishni tashlash mumkinmi?

 

Tamaki mahsulotlariga tobelik asosiy xalqaro kasalliklar tasnifida alohida kasallik sifatida qayd etiladi. JSSTga ko‘ra, sigareta va tamaki mahsulotlari farmokologik faol komponentlar hisobiga tobelikni yuzaga keltiradi. Ularning eng asosiysi, albatta, nikotin. Chekish vaqtida nikotinning muayyan qismi insonning nafas olish yo‘llariga tushadi, shundan so‘ng qon bilan birga yurak va miya sohalariga qarab harakatlanadi.

Psixologik va xatti-harakatlardagi salbiy o‘zgarishlar odatga ko‘ra, narkologiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, bu pulmonologiyaning vazifasi hamdir, zero o‘pka faoliyatiga ham ziyon yetadi.

Bir necha yil muntazam ravishda sigaret chekish "tamakiga tobelik"ni keltirib chiqaradi. Buning natijasida yo‘tal, og‘iz qurishi, bosh aylanishi, charchoq, ozish, uyqusizlik kabilarni keltirib chiqaradi.

"Ilmiy jihatdan" chekishni tashlash uchun dastlab kashandaning nikotinga tobelikning qaysi bosqichida ekanligini bilish, shundan keyingina u bilan kurashish usullariga doir qaror qabul qilish zarur. Diagnostika bugungi kunda nikotinga tobelik darajasi, havodagi uglerod oksidi, bronxlar va qon tomirlarining o‘tkazuvchanligini aniqlashga qodir.

Buning uchun diagnostikada bir qator zamonaviy texnik uskunalar va oddiy tahlillar mavjud. Masalan, peshob tahlili orqali nikotin metabolitlari konsentrasiyasi darajasini o‘lchash mumkin.

Kiritildi: 21:32 17.08.2019. O'qildi: 2726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!