Myunxen xavfsizlik konferensiyasida jurnalistlar Ilhom Aliyevdan Vladimir Putin bilan Rossiyaning Ukrainaga hujumlari, jumladan Ozarboyjon kompaniyalariga tegishli energetika ob’ektlariga zarba berilgani masalasini ko‘targani yoki yo‘qligini so‘radi, ammo prezident bunga aniq javob bermadi.
Bundan tashqari, Ilhom Aliyev Kiyevdagi Ozarboyjon elchixonasiga uchta hujum bo‘lganini ta’kidladi.
"Birinchi hujumdan so‘ng biz buni tasodif deb taxmin qilishimiz mumkin edi. Biz Rossiyaga Ozarboyjonning Ukrainadagi barcha diplomatik vakolatxonalari, jumladan konsullik bo‘limi, madaniyat markazlari va elchixonaning aniq koordinatalarini taqdim etdik. Shunga qaramay, yana ikki hujum sodir bo‘ldi. Demak, bu Ozarboyjonning diplomatik vakolatxonasiga qasddan qilingan hujum edi", — dedi Ozarboyjon yetakchisi.