Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Ikkinchi mutaxassislikka imtihon qanday bo‘ladi?

A A A
Ikkinchi mutaxassislikka imtihon qanday bo‘ladi?

Ayni paytda 2-mutaxassislik uchun qabul davom etmoqda. Kvotalar tasdiqlandi. 2-mutaxassislikka oliy ma’lumotga ega abituriyentlar hujjat topshira oladi. 2-mutaxassislikka qabul qilingan talabalar to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan o‘qishni boshlashadi.

2-mutaxassislikka kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari oliy ta’lim muassasasining xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va har yili 1-iyulga qadar oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Demak, 2-mutaxassislikda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar o‘zlari hujjat topshirgan OTM rasmiy sahifalarini kuzatishlari maqsadga muvofiq.

Kiritildi: 11:12 12.07.2023. O'qildi: 3266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!