Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Ikki nafar fuqaro oqlandi

Ikki nafar fuqaro oqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida Oliy sud raisining o‘rinbosari Shuhrat Polvonov boshchiligidagi ishchi guruh ishtirokida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Ellikqal’a tumanida o‘tkazilgan qabulda 60 nafarga yaqin fuqaroning fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy yo‘nalishdagi masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi. 26 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 28 ta murojaat qanoatlantirildi, 4 ta shikoyat va ariza qonuniy ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. Jumladan, sayyor qabul davomida probasiya hisobida jazo muddatlarini o‘tayotgan mahkumlarning ham murojaatlari ko‘rib chiqilib, tuman ichki ishlar bo‘limi rahbari tomonidan keltirilgan iltimosnomalar ochiq sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi hamda 24 nafar mahkumning o‘talmay qolgan jazo muddatlari shartlisiga almashtirildi. Ikki nafar fuqaro oqlandi.

Murojaatlarning 28 tasi shu yerning o‘zida mas’ullar bilan ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar yuzasidan tushuntirish berildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirilib, sud raislari tomonidan ijrosi nazoratga olindi.

Kiritildi: 15:30 22.06.2024. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!