Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov ikki yilga diskvalifikasiya qilindi

Ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov ikki yilga diskvalifikasiya qilindi

Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni, o‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi, deya Xalqaro doping tahlil agentligi bayonot berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, sportchi so‘nggi 12 oy ichida uch marta o‘zining joylashuvi haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergan. Bu harakat antidoping qoidalariga ko‘ra, sinovdan bosh tortish bilan tenglashtiriladi va jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi.

Rashitovning musobaqalardan chetlashtirilish muddati 2025 yil 13 maydan 2027 yil 12 maygacha etib belgilandi.

Kiritildi: Bugun 11:54. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!