Kanada fuqarosi Tomas Yebes 37 yildan keyin ikki bolani o‘ldirishda aybsiz deb topildi. Ushbu qaror Britaniyaning Kolumbiya Oliy sudi tomonidan qabul qilindi.
«The Globe and Mail» nashrining yozishicha, bolalar 1982 yilda vafot etgan. Ularning o‘limining taxminiy sababi sifatida yong‘in ko‘rsatilgan. Biroq, keyinchalik bolalarning o‘pkasida tutun izlari topilmagan va tergov Tomasni «oilaviy baxtga erishish yo‘lidagi kutilmagan to‘siqlarni bartaraf etish uchun bolalarni o‘ldirdi» deb gumon qilgan.
Erkak ushlanib, jazosini o‘tagan, ammo hukm qayta ko‘rib chiqilayotgan paytda Tomasning aybsiz ekanligi isbotlangan.