Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ijtimoiy tarmoqlarni bir soatga bloklash qanchaga tushadi?

Ijtimoiy tarmoqlarni bir soatga bloklash qanchaga tushadi?

Internet nashrlar orqali yolg‘on (feyk) axborotlarning tarqalishi muammosi Markaziy Osiyoning barcha davlatlari uchun begona emas. 

Mazkur masala Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo ommaviy axborot vositalarining XXI mintaqaviy “Raqamli transformasiyalar sharoitida ommaviy axborot vositalari erkinligi va fikrlar xilma-xilligi” nomli xalqaro konferensiyada ham o‘rtaga tashlandi.

Qozog‘istonlik media-mutaxassis Bota Ayazbayevaning dalolat berishicha, mamlakatda ijtimoiy tarmoqlarni bir soatga bloklab qo‘yish 7 milliard AQSh dollariga tushishi haqida yanglish ma’lumot tarqalgan. Keyinchalik esa aslida 7 milliard dollar ijtimoiy tarmoqlarni emas, butunlay internetni bir soatga o‘chirishning zarar miqdori ekanligi aniqlangan. Ammo, bu ma’lumot to‘g‘rilanib ulgurmasdan barcha internet saytlari orqali yashin tezligida tarqalib bo‘lgan. Joriy yilning 9 may sanasida Qozog‘istonda bir soat davomida WhatsApp, Telegram, Twitter, Facebook ijtimoiy tarmoqlariga ulanish qiyinlashgan. Bota Ayazbayevaning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda ham ijtimoiy tarmoqlarda faol fuqarolik jurnalistika (citizen journalizm) rivojlanmoqda. Ayniqsa saylov oldi va saylovlar jarayonida fuqaroviy jurnalistika faollashgani yaqqol sezilgan.

Shuningdek, joriy yil boshidan hozirgacha Qozog‘istonda 10 mingdan ziyod saytlar bloklangan. Ularning faqatgina 1126 tasi sud qarori bilan amalga oshirilgan. Qolgan 9 mingta saytlar boshqa davlat organlari tomonidan bloklangani aytiladi. Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda sud qarorisiz, xavfsizlik organlari tavsiyasi bilan ham saytlar bloklanishi mumkin.

Kiritildi: 06:15 22.07.2019. O'qildi: 1343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!