Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ijtimoiy ob’ektlarni begonalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi!

Ijtimoiy ob’ektlarni begonalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi!

Ma’lumki, "Adolat" sosial-demokratik partiyasining Saylovoldi dasturida istirohat bog‘lari, sayilgohlarni xususiylashtirishni taqiqlash, va buning uchun javobgarlikni belgilash taklifi ilgari surilgan edi.

Partiya o‘rganishlariga ko‘ra, hozirgi kunda respublikadagi 184 ta istirohat bog‘larida daraxtzor hududlar kamaytirilib, 944 ta bino-inshoot qurilgan. 18 ta istirohat bog‘ida 91 ta noqonuniy qurilma mavjud ekanligi aniqlangan. Ularning 98 tasida 1 248 ta attraksionlar noqonuniy o‘rnatilgan.

Partiya Saylovoldi dasturida belgilangan mazkur maqsadlarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan "Adolat" SDP va Ekologik partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari a’zolari tomonidan aholining madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi va Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 18 noyabr kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisida Prezidentimiz saylov kompaniyasi davomida partiyalar tomonidan ilgari surilgan va xalqimiz qo‘llab-quvvatlagan takliflarning amalga oshirilishi muhim ekanligini ta’kidladi. Shu jumladan, O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash, dorilar ustidan nazoratni kuchaytirish, sun’iy narx oshishining oldini olish va reseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini qisqartirish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlangan edi.

Ta’kidlash joizki, mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullansa, yangi parlamentning birinchi qonuni bo‘ladi.

Kiritildi: 08:52 26.11.2024. O'qildi: 654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!