Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

IIV Gulnora Karimovaning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi xabarlarni rad etdi

A A A
IIV Gulnora Karimovaning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Gulnora Karimovaning sog‘lig‘i yomonlashgani borasida so‘nggi vaqtlarda tarqalgan xabarlar asosga ega emas. Bu haqda kecha O‘zbekiston Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Umida Abdullayeva ma’lum qildi.

Oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlar va OAVda belgilangan jazo muddatini Zangiotadagi koloniyada o‘tayotgan Gulnora Karimovaning salomatligi yomonlashgani, u o‘pka yallig‘lanishi tashxisi bilan sanitariya qismiga yotqizilgani, u koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Matbuot anjumanida mutasaddilar Gulnora Karimovaning koronavirusga chalingani, ahvoli og‘irlashgani yoki o‘z joniga qasd qilgani haqida tarqalgan xabarlar qanchalik haqiqatga mosligi haqida savolga javob berdi.

“Bularning bari, aytganingizdek, mish-mishlar, asoslanmagan faktlar”, — dedi Tanzila Norboyeva.

“O‘z joniga qasd qildi degan yoki boshqa noxush holat haqidagi gaplar asossiz. Gulnora Karimova sud tomonidan belgilangan jazo muddatini o‘tamoqda”, — deya qo‘shimcha qildi IIV polkovnigi Umida Abdullayeva.

Kiritildi: 13:58 13.11.2020. O'qildi: 2361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!