Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Iguain mavsum so‘ngida faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi

Iguain mavsum so‘ngida faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi

Gonsalo Iguain tez orada futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.

«Inter Mayami»ning xabar berishicha, 34 yoshli argentinalik futbolchi MLSda mavsum yakunlangach, faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

Bu mavsumda hujumchi MLSda 21 bahsda 14ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.

Iguain faoliyati davomida «Real», «Yuventus», «Milan», «Napoli», «Chelsi», «River Pleyt» klublarida o‘ynagan. 3 martadan Ispaniyada va Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan, Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lgan.

Shuningdek, Gonsalo Argentina milliy jamoasi safida 75ta o‘yin o‘tkazib, 31ta gol urgan. 2014 yilda jamoa bilan jahon chempionati finaliga qadar yetib borgan.

«Inter Mayami»ning chempionat yakunigacha 2ta o‘yini bor — «Orlando Siti» va «Monreal Impekt» bilan. Jamoa hozirda Sharqiy konferensiyada 7-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 23:44 04.10.2022. O'qildi: 2177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!