Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

"IDI TUDA NE ZNAYu KUDA" qabilida ish tutilayapti"

A A A
"IDI TUDA NE ZNAYu KUDA" qabilida ish tutilayapti"

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi, deputat Bekzod Artikov Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazidagi holatni tanqid qildi. U feysbukdagi sahifasida holatni quyidagicha izohladi (imlo xatolari to‘g‘irlangan holda qayta yozildi). 

Parlament tomonidan o‘tkazilgan nazorat va tahlil faoliyatida ko‘plab sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi markazlar faoliyati muhokama qilinib mavjud kamchiliklarning oldini olish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish haqida tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda. Biroq, Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazidagi mavjud navbatlar, odamlarning ovvoragarchiligi va tartibsizliklar ushbu ko‘rsatmalardan tegishli xulosa qilmaganligini ko‘rsatmoqda. 

Bu kabi kamchiliklar esa xar qanday odamning dilini xira qilmoqda. Shifokor maslahati uchun pul to‘lab navbat kutib uning qabuliga kirsangu, u xatto kasallik tarixini ham o‘rganmasdan MRT xulosasini olib keling deb noaniq manzilga yuborsa, juda xunuk ko‘rinarkan. Ustiga ustak shunday katta markazda bironta ham MRT apparatining mavjud emasligi va "IDI TUDA NE ZNAYu KUDA" qabilida ish tutilayotganligi fuqarolarning ovvoragarchiligi va eetiroziga sabab bo‘lmoqda. Buning oqibatida fuqarolar ortiqcha yo‘l kira va boshqa harajatlarni amalga oshirishiga to‘g‘ri kelmoqda. Xususiy muassasalarda ushbu xizmat o‘rtacha hisobda 170 000 so‘mni tashkil qiladi. O‘ylaymizki, ushbu masalaga Sog‘likni saqlash vazirligi tegishli munosabat bildiradi, deb yozadi deputat. 

Kiritildi: 07:00 10.07.2019. O'qildi: 2139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!