Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Ichki ishlar vazirligi «Grin kard» borasida ogohlantirdi

Ichki ishlar vazirligi «Grin kard» borasida ogohlantirdi

Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida vazirlik matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov oddiy aholini «Grin kard» firibgarlari bo‘yicha ogohlantirish lozimligini ta’kidladi. Bu haqda "xabar.uz" yozmoqda.

Shohruh G‘iyosovning aytishicha, o‘tgan vaqt davomida «Grin kard»dan ro‘yxatdan o‘tkazish bahonasida mingdan ziyod fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini olgan va ular lotereyada g‘olib bo‘lgach, pul so‘rab tovlamachilik holatlarini sodir etgan 30 nafar shaxsga nisbatan ish ochilgan. Fuqarolarga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini birovlarga taqdim etmaslik va «Grin kard»dan ro‘yxatdan o‘tishda begonalar xizmatidan foydalanmaslik tavsiya etildi. 

Ma’lumki joriy yildan boshlab «Grin kard»dan ro‘yxatda o‘tishda qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan ishtirokchilar xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yildi. 

Kiritildi: 10:43 08.11.2019. O'qildi: 3092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!