Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

Ichki ishlar organlarining barcha axborot infratuzilmasi sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yagona tizimga birlashtiriladi

A A A
Ichki ishlar organlarining barcha axborot infratuzilmasi sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yagona tizimga birlashtiriladi

“Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformasiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-155-son, 30.04.2025 y.) qabul qilindi.

❇️Ichki ishlar organlari tizimini 2025–2027 yillarda raqamli transformasiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔸ichki ishlar organlarining barcha axborot infratuzilmasini sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yagona tizimga birlashtirgan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish;

🔸ichki ishlar organlari sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishga mas’ul bo‘linmalarning faoliyatini yagona boshqaruv tizimi va ishlash mexanizmlari asosida muvofiqlashtirish, ular tarkibida “raqamli jamoa”ni shakllantirish;

🔸jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklar statistikasini inson omilisiz yuritish;

🔰Shuningdek, Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.

✳️ Bundan tashqari, sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari tuzilmalarida Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati boshlig‘i lavozimi joriy etiladi.

Kiritildi: 11:37 06.05.2025. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!