Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv xizmati qamrovini yanada kengaytirish borasida davlatimiz rahbari boshchiligida katta hajmdagi samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, to‘lov jarayonlarini raqamlashtirish orqali iste’molchilarga qulaylik yaratish va tizimda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.
Sohada shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsion holatlarga barham berish maqsadida joriy yilning 1 dekabridan respublika miqyosida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni faqat elektron shaklda qabul qilish tizimiga o‘tiladi.
Nazoratchi va suv ta’minoti xodimlariga to‘lovlarni naqd pul ko‘rinishida amalga oshirish to‘xtatiladi.