Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hyundai AQShda 332 mingdan ortiq Palisade krossoverlarini qaytarib olishi mumkin

Hyundai AQShda 332 mingdan ortiq Palisade krossoverlarini qaytarib olishi mumkin

AQSh Milliy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2020−2023 yillardagi “Hyundai Palisade” krossoverlarini qaytarib olishga olib keladigan tekshiruvni boshladi.

Qayd etilishicha, mazkur modeldagi avtomobillarning qaytarib olinishiga xavfsizlik kamarining nosozligi sabab bo‘lishi mumkin.

2020 yildan 2023 yilgacha ishlab chiqarilgan “Hyundai Palisade” rusumli jami 332 288ta avtomobil xavfsizlik kamarlarining to‘satdan yechilishi sababli chaqirib olinishi mumkin.

AQSh Milliy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi allaqachon ushbu nosozlik haqida krossover egalaridan 37ta shikoyat olgan.

To‘liq miqyosda chaqirib olish haqida gapirishdan oldin, boshqarma mutaxassislari dastlabki tadqiqotni, keyin muhandislik baholashini va shundan keyingina muhandislar nosozlikni aniqlasa, ishlab chiqaruvchi chaqirib olish kampaniyasini o‘tkazishi kerak.

Kiritildi: 23:35 18.08.2024. O'qildi: 1857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!