Yamandagi isyonchi “Ansor Alloh” harakatining hutiy isyonchilari mamlakatda BMTning yana bir necha xodimini hibsga oldi.
Bu haqda jahon tashkiloti rahbari rasmiy vakili o‘rinbosari Farxon Haq brifingda ma’lum qildi.
"San’adagi de-fakto rasmiylar o‘z nazorati ostidagi hududda qo‘shimcha bir qator BMT xodimlarini hibsga oldi. Bunga javoban biz amaldagi hokimiyat nazorati ostidagi hududlar ichida va hududlarga barcha rasmiy harakatlarni to‘xtatdik", - dedi u. Ushbu chora keyingi ogohlantirilgunga qadar o‘z kuchida qoladi.