Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Husniddin Ergashev “Yoshlar” teleradiokanalida rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Husniddin Ergashev “Yoshlar” teleradiokanalida rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Husniddin Ergashev 19 aprel kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Yoshlar teleradiokanali Davr informasion dasturi muharririyati rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.

Husniddin Ergashev 1970 yilda Toshkentda tug‘ilgan.

U faoliyati davomida: 2010-2014 yillarda O‘zMTRKning Toshkent telekanali direktori, 2014-2015 yillarda O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi direktori o‘rinbosari, O‘zbekkino milliy agentligining Alisher Navoiy nomli kinosaroyi ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan.

Husniddin Ergashev xalq orasida O‘ZMTRK telekanallarida namoyish etilgan Gap yo‘q , Maslahat kabi hajviy ko‘rsatuvlar va Nima uchun , Toshkent va toshkentliklar kabi ijtimoiy mavzulardagi dasturlar bilan yaxshi tanilgan.

U 2018 yilning 26 fevralidan buyon Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kiritildi: 17:16 20.04.2019. O'qildi: 1910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!