Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Husiylar Makkaga dron uchirganini rad etdi

Husiylar Makkaga dron uchirganini rad etdi
Harakatning siyosiy byurosi a’zosi Muhammad al-Farah musulmonlarning muqaddas shahri nishonga olingani haqidagi xabarni inkor etdi. Husiylar tomonidan boshqariladigan SABA axborot agentligida e’lon qilingan bayonotda bu ayblov “mutlaqo yolg‘on” deb ataldi. Shu bilan birga, husiylar so‘nggi hafta davomida Saudiya Arabistonidagi harbiy va energetik ob’ektlarga bir nechta yirik hujumlar uyushtirganini ma’lum qildi. Ular bu hujumlar Yamanga qilingan havo zarbalariga javoban amalga oshirilganini bildirdi. Avvalroq, Saudiya Arabistoni husiylar tomonidan Makkaga uchirilgan dronni urib tushirganini aytgan edi.
Kiritildi: 14:50 16.09.2026. O'qildi: 832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!