Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Husiylar bilan urush 3 milliard dollarga tushadi

 Husiylar bilan urush 3 milliard dollarga tushadi

Yamanning hutiylar harakati Qo‘shma Shtatlarni 15-martdan beri Yaman hududiga 1712 marta zarba berganlikda aybladi.Bu haqda harakat nazoratidagi “Al-Masirah” telekanali ma’lum qildi va tegishli infografikani chop etdi.

Bayonotga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar ballistik, qanotli va gipertovushli raketalar, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan. Bunga javoban hutiylar 253 ta raketa va uchuvchisiz samolyotlardan foydalangan holda 130 ta operasiya o‘tkazganliklarini ma’lum qilishdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington ushbu operasiyalarda Garri Truman va Karl Vinson samolyot tashuvchi kemalaridan birinchi marta foydalangan . Husiylar sakkizta MQ-9 uchuvchisiz samolyoti va bitta F360 razvedka samolyotini urib tushirib, AQSh kuchlariga "jiddiy zarar" yetkazganini da’vo qilmoqda. Xabar qilinishicha, F-18 qiruvchi samolyotlari va yashirin samolyotlar ham Yaman havo hududini tark etishga majbur bo‘lgan.

Bundan tashqari, Truman samolyot tashuvchi kemasiga 24 ta zarba berilgani, uni Qizil dengiz shimoliga chekinishga majbur qilgani, Karl Vinson esa mintaqaga qo‘shimcha kuch sifatida yuborilgani aytilgan. Husiylarning hisob-kitoblariga ko‘ra, operasiyadan AQShga yetkazilgan zarar 3 milliard dollardan oshgan.

AQShning Isroilni qo‘llab-quvvatlagan zarbalariga qaramay, Huci rasmiylari Isroil nishonlariga, jumladan Ben Gurion ayeroporti va Nevatim havo bazasiga qarshi “sifatli operasiyalar” o‘tkazilganini da’vo qilishdi.

6-may kuni Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaydiy AQSh va hutiylar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qildi, bu esa Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozidagi o‘zaro hujumlarga barham beradi.

AQSh prezidenti Donald Tramp bu gapni tasdiqladi: "Husiylar bizga endi jang qilishni istamasliklarini aytishdi. Biz ularning qarorini hurmat qilamiz va bombardimon qilishni to‘xtatamiz. Ular taslim bo‘lishdi va endi kemalarni portlatmaslikka va’da berishdi", deb yozdi u.

Isroilning KAN telekanali xabar berishicha, Trampning bayonoti Isroil rasmiylarida “shok”ga sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 12:49 10.05.2025. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!