Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qamal qilishga AQShning 15 dan ortiq harbiy kemasi jalb etilgan

Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qamal qilishga AQShning 15 dan ortiq harbiy kemasi jalb etilgan

Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qamal qilishga AQShning 15 dan ortiq harbiy kemasi jalb etilgan — The Wall Street Journal.

Nashrning yuqori martabali harbiy manbaga tayanib xabar berishicha, ushbu kemalar orasida USS Abraham Lincoln aviatashuvchisi, desant kemasi boshqariladigan raketalarga ega bir nechta esmines va boshqa harbiy kemalar mavjud. Bu kemalar orqali desant tushirish amaliyotlari uchun vertolyotlarni uchirish ham mumkin.

Monitoring xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda AQSh harbiy kemalari Eron qirg‘oqlariga 200 kilometr masofagacha yaqinlashgan. Bu urush boshlanganidan buyon AQSh floti Eronga eng ko‘p yaqinlashgan masofa hisoblanadi. Bu AQSh kemalari Eron raketalari va dronlari yetib boradigan hududiga kirganini anglatadi.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!