Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasining bizga aloqasi yo‘q — AQSh prezidenti

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasining bizga aloqasi yo‘q — AQSh prezidenti

Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Isroil hujumlari boshlanganidan keyin Eron tomonidan Ho‘rmuzning yopilishi Vashingtonning muammosi hisoblanmaydi.

"Agar Fransiya yoki boshqa biror davlat gaz yoki neft olishni istasa, ular Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tib, o‘zlariga yordam qilishi mumkin. Bo‘g‘ozda sodir bo‘layotgan voqealarning bizga umuman aloqasi yo‘q", — dedi Oq uy rahbari.

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Yaqin Sharqdagi urush va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi tufayli neft narxining keskin oshishiga izoh berdi. Trampning fikricha, AQSh “tez orada” Eronga hujumlarni to‘xtatishi bilan “narxlar keskin tushib ketadi”.

Kiritildi: 11:14 01.04.2026. O'qildi: 1114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!