27 yanvar, dushanba kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida Human xususiy bandlik agentligi rahbari Shohnur Fayzullayevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetgani va sud hukmi e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.
Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov bergan qo‘shimcha ma’lumotlarga ko‘ra, IIV Tergov departamentining depozit hisob raqamida saqlanayotgan 1 milliard 290 million 913 ming 279 so‘m pul mablag‘lari jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan.
Bundan tashqari, dastlabki tergov davrida xatlangan quyidagi mol-mulklar, ya’ni:
ham ijro organlari orqali sotuvga qo‘yilishi va sotuvdan tushgan pul mablag‘lari jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash uchun ularga proporsional tarzda taqsimlab berilishi hukmda alohida qayd etilgan.
Shunga qaramay, IIV Tergov departamenti depozit hisob raqamida saqlanayotgan pul mablag‘lari va yuqorida ko‘rsatilgan mulklarning xomcho‘ti sudlanuvchi tomonidan aldangan fuqarolarga yetkazilgan zararlarni qoplamasligi taxmin qilinmoqda.
Human bandlik agentligi rahbari SH.Fayzullayev va boshqalar minglab fuqarolardan Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Bolgariya va Litva davlatlariga ishga joylashtirishni va’da qilib, ularning har biridan (taklif etilgan ishdan kelib chiqqan holda) 6 300 000 so‘mdan 35 000 000 so‘mgacha pul olgan. Biroq amalda ularni hech qayerga yubormay, juda ko‘p miqdordagi mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganlikda ayblanib, sudga tortilgandi. Keyinchalik Human xususiy bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan 2-jinoiy ishi ham qo‘zg‘atilgan. 2019 yil 16 dekabrda Toshkent viloyatida salkam 1200 nafar fuqaroni chuv tushirgan ushbu bandlik agentligi rahbari ustidan sud boshlangan. 27 yanvarda agentlik rahbari Shohnur Fayzullayev 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi va undan 1 080 nafardan ortiq jabrlanuvchi foydasiga 21 milliard 192 ming so‘mdan ziyod miqdorda moddiy zarar undirilishi belgilandi.