Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Hukumat qarori bilan «metan» gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytiriladi

A A A
Hukumat qarori bilan «metan» gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 mart kuni qabul qilingan 173/6 sonli qarori bilan «metan» gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytirilyapti.

Endilikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024 yil 1 iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilanmoqda.

Ya’ni 1 apreldan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida juz’iy o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 3 250 so‘m edi).

Kiritildi: 21:10 31.03.2024. O'qildi: 3187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!