Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Hududlarda fuqarolarni ma’lum bir haq evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Hududlarda fuqarolarni ma’lum bir haq evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Ular fuqarolarga viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va Toshkentdan Amerika qo‘shma shtatlariga aylanma yo‘llar orqali yuborishni va’da qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan shaxs Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali "Toshkent-Istanbul-Madrid-Tixuana" yo‘nalishida AQShga yuborish hamda buning uchun zarur bo‘ladigan viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 334 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tadbirda Chinoz tumanida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni AQShga borishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va viza olib berish berish evaziga 42 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 28 800 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Navoiy viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahrida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan shaxs Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, uning nomiga viza va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, "Turkiya-Evropa davlatlari-Meksika" yo‘nalishida aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga 17 500 AQSh dollari talab qiladi. Ammo, u oldindan 6 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXXning Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan Uchquduq tumanida istiqomat qiluvchi shaxs fuqaroni Turkiya va Meksika davlatlari orqali AQShga yuborish va u yerda ishga joylashtirish evaziga 19 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 6 200 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi 1988 yilda tug‘ilgan shaxs Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni AQShga ishga yuborishni va’da qilib, bu kabi ishlarni qilishga vakolati bo‘lmasada, dastlab, 2023 yilning aprel-may oylarida 14 300 AQSh dollarini olib, uni aylanma yo‘llar bilan Janubiy Afrika Respublikasiga yuborib, uni boshqa davlatda chorasiz holatda qoldiradi va vaziyatni o‘nglash, ya’ni uni Amerikaga o‘tkazish uchun uning otasidan qo‘shimcha 6 700 AQSh dollari talab qiladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:29 27.07.2024. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!