Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Hormuz bo‘g‘ozida tanker minaga duch keldi

Hormuz bo‘g‘ozida tanker minaga duch keldi

Hormuz bo‘g‘ozining sharqiy qismida tanker minada portlab, yong‘in sodir bo‘lgan.

Bu haqda Eron Qurolli kuchlarining elita bo‘linmasi hisoblangan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIR) xabar bermoqda.

«Bir soat oldin Hurmuz bo‘g‘ozining sharqiy qismida tanker minada portlab, yona boshladi», — deyiladi xabarda.

KSIR Harbiy-dengiz kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, tanker transponderlari va navigasiya tizimlarini o‘chirgan holda Hormuz bo‘g‘ozining «taqiqlangan hududi» orqali harakatlangan.

Hozircha ekipaj a’zolarining ahvoli yoki atrof-muhitga yetkazilgan ehtimoliy zarar haqida ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 12:50 16.11.2026. O'qildi: 713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik