Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Hormuz bo‘g‘ozida neft tankeri minalarga duch keldi

Hormuz bo‘g‘ozida neft tankeri minalarga duch keldi

"El Gayya" (IMO 9325336) supertankeri Hormuz bo‘g‘ozining janubiy qismidagi cheklangan hududdan o‘tishga urinayotganda dengiz minalariga urilgan.

Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) dengiz qo‘mondonligi ma’lum qildi.

Harbiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga urinishlar muvaffaqiyasiz bo‘lgan va alanga butun neft tankerini qamrab olgan.

IIQK ilgari noqonuniy yo‘ldan o‘tish xavfi haqida ogohlantirganini ma’lum qildi.

"Hormuz bo‘g‘ozi yopiqligicha qolmoqda va bizning nazoratimiz ostida", deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 09:30 15.09.2026. O'qildi: 1155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik