Qur’oni karim homilaning jinsi erkak yoki ayol bo‘lishi kimga bog‘liqligini belgilab bergan birinchi kitobdir.
Qur’on nozil qilingan vaqtda homila jinsi er yoki ayol bo‘lishining mas’uliyati ayol tarafdan ekanligi haqidagi e’tiqod hukmron edi, ammo ilm-fan bizga ayollarning bolaning jinsini belgilash bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini aytadi.
Qaysi ota yoki ona tug‘ilajak farzandining jinsi bilishni istamaydi? Olimlar embriologiya fanini rivojlanishi va homiladorlik, tug‘ish va homila rivojlanishi jarayonining sirlarini kashf etishi, uning turini va ushbu jarayonlar qanday aniqlik bilan amalga oshirilishini bilish uchun zamonaviy ilm-fan davri kelguniga qadar bu bilim afsona va bashoratlarga bog‘liq bo‘lib qolgan edi.
Va nihoyat, homilaning jinsi uchun javobgar erkakning maniysi ekanligi, ayoldagi suyuqlikning bunga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlandi.
Erkakning spermasida ham erlik, ham ayollik xususiyati bor, ayolning tuxumida esa har doim ayollikdan boshqa narsa bo‘lmaydi. Ya’ni, erkak nutfasi erkak va ayollik xususiyatini o‘z ichiga oladi, ayol nutfasi esa faqatgina ayollik xususiyatini.
Shuning uchun, erkakning spermasi ayolning tuxumiga duch kelib, uni urug‘lantirganda, homila jinsi ushbu sperma nima ko‘tarishiga qarab belgilanadi va bizda bu holatda ikkita imkoniyat mavjud:
1. urg‘ochi tuxumi bo‘lgan erkak sperma – erkak.
2. urg‘ochi tuxumi bo‘lgan urg‘ochi sperma – ayol.
Biz bu yerda ikki ilmiy haqiqatni topamiz, birinchisi maniyning barchasidan emas, balki birgina (o‘ta kichik hajmdagi) nutfa bilan komil bo‘ladi. Ikkinchisi esa, ushbu nutfa homilani o‘g‘il yoki qizligini aniqlab beradi.
Allohning kitobi mo‘’jizaviy kitobdir. Ushbu kitobdagi ajablantiradigan narsa, bu ikki dalil haqida aniq so‘zlanganidir.
Alloh taolo marhamat etadi:
«Albatta, ikki juftni; erkak va ayolni yaratgan ham O‘zi.
Nutfadan, oqib tushganda».
(Najm, 45-46).
Oyatga muvofiq Alloh taolo erkak va ayolni er nutfasidan yaratganligi ma’lum bo‘ldi.
Alloh taoloning insonlarga qilgan xitobida takrorlangan haqiqatni topamiz:
«So‘ng alaqa bo‘ldi. Bas bekamu-ko‘st etib yaratdi.
Bas undan juftni - erkak va ayolni yaratdi».
(Qiyomat, 38-39).
Alloh taolo:
«Bas undan juftni – erkak va ayolni yaratdi», deya marhamat qilgan. Oyati karimadagi "minhu" – "undan" ("minha", "undan" kalimasining muannas, ayollikga dalolat etuvchi siyg‘asi) kalimasi muzakkar bo‘lib, erkaklikni ifodalaydi.
Bu erkak va uning spermasining homilaning jinsini belgilashga bog‘liq ekanini ko‘rsatadi.
Buni yaqinda olimlar isbotladilar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrida hech kim bundan xabardor emas edi.
“E’jozul Qur’an” kitobidan Sunnatulloh Abdulbosit tarjimasi.
Manba: azon.uz