Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Hizbullohni qo‘ldan qurolsizlantirish — AQSh va Isroilning nayrangi

Hizbullohni qo‘ldan qurolsizlantirish — AQSh va Isroilning nayrangi

Yamandagi Ansorulloh harakati rahbari Abdulmalik al-Husi AQSh va Isroilning Livandagi Hizbulloh harakatini qurolsizlantirish urinishlarini keskin tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatni faqat muqovimat kuchlari himoya qila oladi, Livan armiyasi emas.

Al-Husi G‘azodagi og‘ir ahvolni tilga oldi va buni "jahon uchun, ayniqsa musulmon va arablar uchun sharmandalik" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azoga qarshi qo‘llanilayotgan qatag‘onlar ortida ayrim arab va G‘arb davlatlari ham bor, va ular tarixdagi eng og‘ir ocharchilikni yuzaga keltirishda ishtirok etmoqda.

«Zionit dushman Al-Aqso masjidini yo‘q qilish va uning o‘rnida xuddi o‘zi o‘ylab topgan ibodatgoh qurishni rejalashtirmoqda. Jahon jim turishi Isroilga bu rejani amalga oshirishga rag‘bat beradi», — dedi u.

Shuningdek, u G‘azoga gumanitar yordam olib kelayotgan 22 mingdan ortiq yuk mashinasi to‘xtatib qolinganini, va Izroil bu yordamlarni kiritmaslikka urinayotganini ta’kidladi.

«Ocharchilikdan tashqari, G‘azoda ichimlik suvi ham yo‘q. Ayollar, bolalar va qochqinlar ozuqa qidirayotgan paytda AQSh bombalaridan halok bo‘lyapti», — deya qo‘shimcha qildi Al-Husi.

U AQSh prezidenti Donald Trampni zionit rejim jinoyatlarini qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblab, G‘azodagi vaziyatni "haqorat va falokat" deb ataganini eslab o‘tdi.

Kiritildi: 19:04 08.08.2025. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!