Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Hizbulloh” yangi bosh kotib tayinlangani haqidagi ma’lumotni rad etdi

“Hizbulloh” yangi bosh kotib tayinlangani haqidagi ma’lumotni rad etdi

Livanning “Hizbulloh” harakati Hasan Nasrulloh o‘limidan so‘ng harakat ijroiya kengashi raisi Hoshim Safiyiddinning bosh kotib lavozimiga tayinlanganini rad etdi, deb yozadi Anadolu.

“Hizbulloh” yozma bayonotida ba’zi matbuotda yangi bosh kotib tayinlanishi haqidagi xabarlarning ahamiyati yo‘qligiga urg‘u berdi.

«Aniqlik kiritmoqchimizki, ba’zi ommaviy axborot vositalarida Bosh kotib (Nasrulloh) shahid bo‘lganidan keyin Hizbulloh rahbarligidagi tashkiliy tartib-qoidalar haqida tarqalgan xabar noto‘g‘ri», - deyiladi bayonotda.

Hizbulloh harakat rahbariyatining rasmiy bayonoti chiqmaguncha, bunday xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Livandagi “Hizbulloh” guruhining Sho‘ro kengashi (asosiy boshqaruv organi) Hoshim Safi ad-Dinni tashkilotning yangi bosh kotibi etib saylagani xabar tarqalgandi. Hoshim Safi ad-Din 1964 yilda Livan janubidagi Dayr an-Nahr shahrida tug‘ilgan. U Najaf va Qumda Nasrulloh bilan birga mashg‘ulotlar olib borgan va 1982 yilda Hizbullohga asos solgan. 1994 yilda Safi ad-Din shu paytgacha butun guruhni boshqargan Nasrulloning o‘rniga ijroiya qo‘mita rahbari bo‘ldi.

23 sentyabrdan beri Isroil havo kuchlari Livan janubida, shuningdek, Bekaa va Baalbek hududlarida yuzlab havo hujumlarini amalga oshirdi.

Livan rasmiylariga ko‘ra, 17 sentyabrdan beri Isroil hujumlarida 1174 kishi, jumladan 104 bola va 194 ayol halok bo‘lgan.

Kiritildi: 23:50 30.09.2024. O'qildi: 1153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!